Men xam gunoxkor bo‘lamanmi
Assalomu alaykum! Bugun bir xolat ro‘y berdi. Ko‘chada bir inson puli qolmaganligini, shuning uchun yo‘ldan taksi to‘xtata olmayotganligini aytib mendan yandeks ilovasi orqali taksi chaqirib berishimni iltimos qildi (U yigit menga yandeksda uyga etib olgach pulni uydan olib chiqib beraman dedi). Men telefonimni unga berib turdim va o‘zi mashina chaqirib, xaydovchi bilan gaplashib turgan joyini tushuntirdi va men uyimga kettim. Keyin oradan 2 soatcha o‘tib taksist menga qo‘ng‘iroq qildi va pulni olib tushishimni kutayotganini aytti. Keyin men unga bo‘lgan vaziyatni, u odamni tanimasligimni, unga yordam qilib taksi chaqrirtirib berganimni ayttim. Aslida esa u bola taksistni pulini bermay aldab ketipti (tahminan 70 minglar atrofida narxga teng yo‘l yurgan ekan). Men savob bo‘lar birovni mushkilasini oson qilay deb yordam bergandim, lekin esa mana bunday holat bo‘lmoqda. Endi men ham bu gunohga sherik bo‘lamanmi, bu pul mening bo‘ynimga tushadimi? Axir u bolani bunday aldab ketishini bilmagan edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pul sizning bo‘yningizga tushmaydi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pul sizning bo‘yningizga tushmaydi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar