Dugonam haqqiga duo qilish

Assalomu alaykum! Meni yaqin dugonam bor, lekin u xristian, men namoz o‘qiganimda uni xaqqiga duo qilsam bo‘ladimi? Allohdan uni gunoxlarini kechirilishini va u islom diniga o‘tishi, musulmon bo‘lishiga nasib qilishini so‘rasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta uning haqqiga hidoyat so‘rab duo qilishingiz kerak. Unga ham "Allohim qaysi din haq bo‘lsa meni o‘sha dingan yo‘llagin" deb duo qilishni o‘rgatib qo‘ying. Islom dinini haqligini siz bilasiz, lekin u hali bilmaydi. Shoyad, Alloh uni duosini qabul qilib Islomga hidoyat qilsa. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 157 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar