Puldan zakot chiqarish

Assalomu alaykum! O‘zim uylanmaganman, ota onam bilan yashayman. Kam xarj bo‘lganim uchun ishlab topgan pulimni doimiy ravishda jamg‘arib boraman. Allohga shukrki, jamg‘armam o‘sib bormoqda. O‘tgan yilgi Ramazonda xisoblaganimda pulim nisobga etibdi (2000 sh.b.). Darhol zakot berdim. Bu yilgi Ramazonda hisoblasam qariyb 2 baravar ortibdi (4000 sh.b.). "Mo‘minning najoti - mufassal zakot kitobi" da puldan zakot chiqarishning shartlaridan biri "1 yil to‘lgan bo‘lishi kerak" deyilgan ekan. Endi men bu yil qancha zakot chiqarishim kerak? Jamg‘argan pulimning bir yil saqlangan (2000 sh.b.) qismidan 2.5% ni xisoblash kerakmi yoki xozir qo‘limda turgan 4000 danmi? O‘tgan yili bergan zakotimni xukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalgi nisobga etganida bir yil aylanishi shart. Qolganlarida bir yil aylanishini kutish shart emas. Zakot berishdan bir kun oldin qo‘liga tushgan bo‘lsa ham, undan zakot chiqarishi farz. "Kifoya" kitobida quyidagicha keltiriladi: Yilning o‘rtasida ko‘rilgan foyda o‘z jinsidan bo‘lgan nisobga qo‘shiladi. Bir kishining ikki yuz dinor puli bor edi. Nisobga etganidan keyin bir yil o‘tguncha unga yana yuz dinor qo‘shildi. Bu foyda o‘sha o‘z pulini ishlatish, sovg‘a yoki meros olish kabi omillar bilan bo‘ldi. Mazkur odam nisobga etgan ikki yuz dinorga foydaga kelgan yuz dinorni qo‘shib, uch yuz dinordan zakot chiqaradi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar