Tonggacha ishlab bomdoddan keyin uxlasam

Assalom aleykum! Aziz ustozlar, men maktabda o‘qituvchiman yoshim 24da. Allohga shukur har juma ish kunim bo‘lmaganligi uchun juma namoziga boraman. Ammo afsuski 5 vaqt namozni to‘kis ado etaman deya olmayman. Asosiy ish vaqtim kunning ikkinchi yarmida va shu sabab qazo namozlarini o‘qiyman. Bu ishim qanchalik to‘g‘ri? Agar kechasi bilan kitob o‘qib, yozuv ishlarimni tongga qadar qilib bomdod namozidan keyin bir pas dam olsam shu joizmi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyosh chiqqach uxlashingiz joiz. Namozni qazo qilmang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:24 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar