Bergan va’da va yolg‘onga gumon

Assalomu alaykum! Sherikchilik asosida dehkonchilik qildik. Ulushlar kelishildi. Bir kunda yig‘ishtirib qoplatish imkoniyati bo‘lmagani uchun men hisob-kitobni sherigimga ishondim. “Hammasi bo‘lib 2199 qop sabzi chiqdi” dedi. Men ishondim. Katta muzlatgichga kirdi (muzlatgich esa sherigimniki) va sherigim sizniki 1256 ta qop, meni ulushim esa 943 qop deb aytdi. Bu ulushlar kelishilgan edi. Yaqinda hamma o‘z ulushini sotishni boshladi. Oxiriga kelganda men 1158 qop sabzi sotdim 98 chiqmadi. Sherigim esa taxminan 743 qop sotdim menda ham chiqmadi dedi. Muzlatgichda hech narsa qolmadi. Aytishi bo‘yicha adashgan ekan. Bu haqida gumoni bo‘lib, shu paytgacha menga xabar bermagan. Xabar berganda turgan joyida qatori va qavatiga qarab sanog‘ini chiqarib olgan bo‘lardik. Endi gumonim bor. Chunki o‘rtada mendan saralanib otxod hisoblagan sabzilarni sonini yashirmoqchi bo‘lgan. Ishchisiga tel qilganda eshitib qolganman. Kechirdim, esdan chiqardim. Endi o‘z muzlatgichiga sanab kirgizib keyin o‘rtada 300 qop sabzi yo‘q desa men ishonaymi? Sherigim men to‘layman qachondir, lekin men ham 200 ta qopga kuyib turib, sizning 98 qopizi to‘lab beraman, lekin vijdoningizga havola deb turib olyabdi. Haqqimni talab qilib 98 qopimni to‘lataymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Da’voyingizga shar’iy dalilingiz bo‘lmagani uchun talab qilolmaysiz. Shariat bo‘yicha o‘zingizni mulkingizni ustida turib sanab qabul qilib olishingiz kerak edi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 195 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar