Kafforat ro‘zasi haqida
Assalomu alaykum! Kafforat ro‘zasini 28-kunida saxarlikka uyg‘ondimu, uxlashga kech yotganligim sababli yana uxlab qolibman. Qayta uyg‘onganimda og‘iz yopish vaqtidan 5-6 daqiqa o‘tib ketgan ekan, xech narsa emay-ichmay darxol niyat qilib oldim. O‘shandan beri ro‘zani tuxtatmasdan bugun mana 17-kunni xam tutdim, to‘xtatganim yo‘q. Savolim: o‘sha kungi ro‘zam durustmi yoki yana o‘sha kundan xisoblab boshidan kafforatni tutishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha kuni ertaga ham ro‘za tutaman degan niyatingiz bo‘lgan bo‘lsa o‘sha kifoya qiladi. Saharlik qilish shart emas. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar