Oylik va dekret puli

Assalomu alaykum! Tibbiyot sohasini bitirib 1 oycha poliklinikada kovidga qarshi emlashda ishladim. Oxirgi 3 kun qattiq shamollab qolganim uchun ishlolmadim lekin ishxona ish kunini to‘liq yozishibdi(ishlash jarayoni og‘ir kechdi) olgan oylik maoshim halolmi? Keyingi oydan dekret tatiliga chiqdim. Shu ishlamagan kunlarimni xam tatil puliga ta’siri bormi? To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishlamagan kunga olish joiz emas. Agar ish shartnomasida sizning holatingizga haq to‘lash bo‘lsa, olishingiz joiz. Agar bunday bo‘lmasa, ortiqcha uch kun  ishlab berishingiz kerak. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 09:37 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar