Hijob haqida (Ayolim o‘ranmoqchidi)
Assalomu alayku shayh hazratlari. Meni ayolim hijob o‘ramoqchidi.Mendan rozilik so‘ramoqda, iltimos ilojisi bo‘sa oranishni qonun qoidasi haqida aytib bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ayol kishining nomahram erkaklarga nisbatan avrati yuzi va ikki kaftidan boshqa butun badanidir. Ma’lumki, muslima ayolga badanini nomahram erkaklardan to‘sib yurish Alloh tomonidan buyurilgandir. Mo‘mina-muslima ayol sharafini saqlash uchun Allohning amriga itoat etib, avratini nomahram erkaklardan berkitmog‘i kerak. Buning uchun esa, yuzi va ikki kaftidan boshqa butun tanasini to‘sib turadigan kiyim kiymog‘i lozim. Shuningdek, kiyim yupqa, badanga yopishgan, tor bo‘lmasligi ham zarur. Nomahram erkaklarning e’tiborini jalb qilmaydigan darajada bo‘lishi kerak.Imom Abu Dovud Oyisha onamizdan rivoyat qilgan hadisda u zotning oldilariga opalari Asma’ binti Abu Bakr yupqa kiyim bilan kirganlarida, u erda o‘tirgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuzlarini o‘girib olganlar va: «Ey Asma’, ayol kishi hayz ko‘radigan bo‘lganidan keyin undan mana bu va mana bundan boshqa joyi ko‘rinmasligi kerak», deb ikki kaftlari va yuzlariga ishora qilganlari aytilgan.Ibn Jarir Tabariy o‘z tafsirlarida Oyisha onamizdan keltirgan rivoyatda u kishi aytadilarki: «Oldimga ona bir akam Abdulloh ibn Tufaylning qizi ziynatlangan holda kirgan edi. Rasululloh kelib qoldilar va yuzlarini o‘girdilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, bu ona bir akamning qizi, yosh qiz», dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ayol kishi balog‘atga etgandan keyin undan yuzi va mana bu joylaridan boshqa joyi ko‘rinishi halol emas», deb o‘z bilaklarini tutumlab ko‘rsatdilar. Ushlagan joylari bilan kaftlari orasida yana bir tutumcha joy qoldi».Hanafiy mazhabi ulamolari ayol kishiga yuz va kaftlarini ochib yurishga izn berar ekanlar, yuz va qo‘lni ziynatlamasdan, tabiiy holda tutishni shart qilib qo‘yadilar.
21 Aprel 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 300 | Boshqa ibodatlar