Qaynotam sababli gunohga botmaymanmi?
Assalomu alaykum! Men ko‘p yillardan beri qaynotamga qarab kelaman. Qaynonam olamdan o‘tgan. Qaynotam qari, keksa yoshdalar. Joylarini yig‘ib yuvib tarayman. O‘zlarini eplolmaganlari sababli avratlarini yuvishga to‘g‘ri keladi. Erim safarda ishlaydi. Aytingchi bu ish bilan gunohga botmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu qizimizning savolini o‘qib, uzoq yillik dinsizlik va u keltirgan jaholat sababidan diniy va axloqiy qarashlarimiz qanchalik o‘zgarib-buzilib ketganiga guvoh bo‘lish mumkin. To‘g‘ri, qadimdan o‘zbek xonadonlarida yoshlarning kattalarga hurmat, mehribonlik ko‘rsatishi, ularning kuchlari etmaydigan ayrim xizmatlarida ko‘maklashishi odat tusiga kirgan. Ular ojiz va notavon bo‘lib qolgan yoshi ulug‘ ota-onalariga, bobo-momolariga yurish-turishda, ibodat va boshqa yumushlarida qo‘llaridan kelgancha yordam ko‘rsatishgan, og‘irlarini engil qilishgan. Ularning bu ishlari odamiylik, insonparvarlik, rahm-shafqatning go‘zal ko‘rinishlaridir. Ammo bunda dinimiz talablari va shariat ko‘rsatmalarining poymol qilinishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi. Mahram bo‘lishlariga qaramay ota yoki boboning, qolaversa qaynotaning jinsiy a’zolarini tozalash uyoqda tursin, hatto ularga nazar solishi ham mumkin emas. Bu kabi xizmatlar boshqa ayollarning ishi emas, balki ularning xotinlarigina qilishi kerak bo‘lgan ishlardir. Agar kelin qaynotaning ana shu “xizmati”ni qilayotgan bo‘lsa, buning butun gunohi shunday ishga yo‘l qo‘yib qo‘ygan o‘g‘illar zimmasiga tushadi. Chunki ular bunday ishlarni o‘zlari bajarishlari yoki otalarining tengini topib uylantirishlari yoxud u kishiga qarash uchun alohida xodim yollashlari kerak edi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:53 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush