Kasbdagi shubha
Assalomu alaykum! Hurmatli hurmatga sazovor ustozlar Men O‘zDJTSU ni 2019-yil tugatdim bakalavr mutaxasisligim voleybol yoshim 23 da shu sport turidan ustozga shogirt turganman iqtidorim xam bor deb o‘ylayman ko‘p sport turlariga qiziqib va ularni texnikalarini bajara olaman o‘ynay olaman va umuman o‘rgangan narsalarimni boshqalarga o‘rgatishni yaxshi bajara olaman Men hozir BO‘SM da trenir-o‘qituvchi bo‘lib ishlayapman ammo hech bir narsa qalbimni tinch qo‘ymayapti ishimning halol haromligida, shubxam bor yaqin orada ustoz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh hazratlarini Ruhiy tarbiya kitobini Tiklanish qismdagi Zuhd 40-mavzuni roligini ko‘rdim u erda shubhani hajmiga qaraydi haromlik hajmi ko‘p bo‘lsa uni tark qilish vojib, haromlik hajmi kam bo‘lsaxam tark qilish mustahab dedilar. Ishimdan shubhalanishim? Ular quidagi sabablar: 1-men 90 minut mashg‘ulot o‘ta olaman ammo sifatli o‘tolmayman a) aniq to‘liq dars kanspektlari yo‘qligi b) sharoitning mashg‘ulot o‘tish talab darajasiga javob bermasligi 2-Bu erda bolalarni bir yilda ikki marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tqazish kerak bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tqaziladigan joyga bolalarni men yani trenir-o‘qituvchi etadi taminlaydi ammo shifokorlar bolani yolg‘ondan ayrim joylarini ko‘radi sog‘mi sog‘lom emasmi hatto bola keganmi kemaganmi tibbiy ko‘rik daftariga ,,SOG‘LOMʼʼ deb imzo muhr qo‘yib beradilar. Hattoki trenir-o‘qituvchi pora berib shifokorga o‘sha ,,SOG‘LOMʼʼ deb imzo muhrlarni taxlatib yani ishdi pishirib oladilar. 3-Axir bu men tanlayot kasb shu ish bilan yani insonlarni bolalariga sportning voleybol turini o‘rgatish shug‘ullantirish bilan dinimiz Islomga qanday hissa qo‘shaman balki umuman hissa qo‘shmay gunoxkor bo‘lmaymanmi degan shubhalar o‘ylantirmoqda. 1-Savol: Shu meni shubhalantirayotgan muammolarni bartaraf qilib joyiga qo‘yib qo‘limdan kegancha o‘qib izlanib mazmunli dars o‘tsam shunda dinimga xizmat qigan bo‘lamanmi insonlarni bolalariga zulm qigan bo‘lmaymanmi.? Izlash bo‘limidan sportga oid fatvolarni o‘qigandim Harom sport turlari qaysi? Degan savolga qimor aralashgan avrat ochilishiga sabab bo‘ladigan odamni yuziga uradigan sport turlariga ruxsat yo‘q. deyilgan ekan Hurmatli Zikr ahlidan so‘rang fatvo hayati! Men sizlarni fatvolaringizga qarab ish tutaman InshaAlloh hatto bu ishimdan bo‘shab boshqa ishga o‘tishga xam tayyorman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘rgatavering. Sizga o‘xshagan halolga intiluvchi insonlar ishlashi kerak. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘rgatavering. Sizga o‘xshagan halolga intiluvchi insonlar ishlashi kerak. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat