Xijobga erim qarshi

Assalomu alaykum! Man xijob o‘rashni xoxlashimni xargal erimga etsam “yo‘q ro‘mol o‘ragin faqat oddiy, yani orqaga bog‘la bo‘ldi” diydilar. Man “qo‘rquvomman Allohim buyurgan” desam yoki dindan bilganimcha gap boshlasam chuqurlashma deb urshadilar. Rozi bo‘lib qolarlar deb o‘randim. 1xafta bo‘ldi uyda oddiygina o‘ravotuvdim. Qozoq millatidagi kelinlar oddiy ro‘mol o‘rab yurishadi shunga tushunmadilar shekilli bugun uyda xam xijob o‘rab ishdan kutvoluvdim. “Echasan xali vaqtli, rozilik bermadim, bomdod nomozingni o‘quvur sanga o‘yinmas ro‘mol rozimasman” deb urush qildilar, qaynonamlar ering rozi bo‘lmasa o‘tmiydi divotdilar. Allohni oldida man uchun xam javob bersalar mani o‘zim xam javob beraman va Allohni qaxr-g‘azabiga uchrab jazolanamanku. Nima qiliy?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringiz oldida o‘rash shart emas. Begona erkaklar oldida o‘ranish farz. Agar uyingizda faqat eringiz bo‘lsa uyda o‘ranish shart emas. Ko‘chaga chiqqanda yoki uyda begona erkak bo‘lganda satri avrat qiling. Siz mahkam turib avratlaringizni berkitishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 155 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar