Imomlikka oid

Assalomu alaykum! Men akam va dadamga imomlik qilib uyda namoz o‘qiyotgandik. Men doim "Robbana lakal hamd"ni aytardim. Ya’ni imom sifatida. Yaqinda bir inglizcha saytda o‘qib qoldim hanafiy mazxabida aytilmaydi deb o‘qib qoldim. Shunga xozir jamoat bo‘lib namoz o‘qimay turibmiz. "Robbana lakal hamd" aytiladimi yoki yo‘qmi? Agar aytilmasa shu paytgacha o‘qigan namozlarimizni hukmi qanday, qaytib o‘qiymizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U bilan qaytib o‘qilmaydi. Siz to‘g‘ri ish qilayotgan ekansiz. Hanafiy ulamolari ham sahih Buxoriyda kelgan hadisni dalil qilib imom ham o‘qisa bo‘ladi deganlar. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar