Nasihat, namoz va avrat

Assalomu alaykum! Mening bir namozxon tanishim bor. U bitta qizni yaxshi ko‘radi va gaplashib uchrashib turishadi. Men unga necha marta bunday qilish dinimizga to‘g‘ri kelmaydi desam men u qiz bilan shunchaki gaplashmayapman uydagilar rozi bo‘lsa olaman shu qizni keyin man bu qizni tarbiyalayapman deydi. Haqiqattan qiz o‘sha bola bilan gaplashgandan keyin kalta kiymaydigan, namoz o‘qiydigan va tarbiyali bo‘ldi. Bu bolaning bu ishini hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kitoblarni olib berib va biror ilmli muslima ayolga ro‘para qilib har qanday boshqa muomalalarini to‘xtatsin. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar