Olsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men ishlaydigan restaranda tayyorlanadigan maxsulotlar sovib qolsa yoki kichikroq bo‘lsa tashlab yuboradi, bizga eyish mumkin emas. Maxsulotlar ko‘p isrof bo‘ladi. Shularni so‘ramasdan esak bo‘ladimi, o‘zi u erda ishlashimiz to‘g‘rimi, isrofga toqat qilib?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Egasining ruxsatisiz olishingiz mumkin emas. Biror erda munkar ish bo‘layotganini ko‘rsangiz, indamay jim turaverasizmi? O‘sha restoran rahbarlariga bo‘layotgan isrofni oldini olish zarurligini bildirish sizning zimmangizdadir. Shundan keyin ham vaziyat o‘nglanmasa, u erda ishlash yoki ishlamaslik o‘z ixtiyoringizda. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar