Iyso alayhissalom haqida
Assalamu alaykum! 1. Ustozlar qilayotgan xizmatlaringizni Alloh ikki dunyo saodati bilan mukofotlasin! Savolim shuki bir inson o‘g‘il farzand ko‘rib ismini Iyso qo‘ygan, keyin bir tanishi mendan “Iyso kim bo‘lgan?” deb so‘radi. Men “payg‘ambar” dedim. U odam “u o‘rislarning Xudosi, xristian” dedi. Men “Yo‘q unday emas, ular o‘zlaricha Xudo deb olgan” desam, u “Iyso xristian” deb turib oldi. Maslahat bersangizlar, men qanday tushuntirsam bo‘ladi?
2. Payg‘ambarni “xristian” deyishning hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Payg‘ambarni “xristian” deyishning hukmi, shariatimizda kufr sanaladi. Agar biror bir yaxshi ilmli inson unga bu so‘zi kufr ekanligini to‘liq tushuntirib, dalillarni keltirganidan keyin ham so‘zidan qaytmasa, kofir bo‘lib, ayoli bilan orasidagi nikohi buziladi. Agar holat shu darajada bo‘lsa, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pandu nasihat qilishni to‘xtatish kerak. Unday odamlarni o‘zlari hurmat qiladigan, gapini oladigan, ilmli va hikmat bilan ish tutadigan kishiga ro‘baro‘ qilish kerak. Aqoid kitoblarimizda “ba’zi kishilarning og‘zidan kufr so‘z chiqishini bila turib, unga javob bersa kofir bo‘ladigan savollarni berish kufr sanaladi” deyilgan. Shuning uchun ba’zi bir e’tiqod qilinishi zarur bo‘lgan narsalarni bilmagan kishilarga “Shu narsaga e’tiqod qilishni farzligini bilmaysizmi?” degan savolni berish o‘rniga, “Bu narsalar bizning Islom dinida e’tiqod qilinishi zarur, bilish farz” deyish kerak. Chunki u “Bilmayman” desa kofir bo‘lib qoladi. Bunga sababchi bo‘lmaslik kerak. Qaysar kishilarga ham uning og‘zidan kufr so‘zlari chiqishi g‘olibi gumon bo‘lsa, ular bilan bahslashmaslik va kofir bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. «Nasorolar» deganda esa Iyso alayhissalomga iymon keltirganlar tushuniladi. Ular u kishiga yordam berganlari uchun «nasoro» («yordam beruvchilar») deb nom olganlar. «…u mushriklardan bo‘lmagan edi». Yahudiylar esa «Uzayr Allohning o‘g‘li», – deb shirk keltirishmoqda. Nasorolar esa «Iyso Allohning o‘g‘li», – deb shirk keltirmoqdalar. Quyidagi oyatda Alloh taolo Islom ummatiga xitob qilib, ushbularni ta’kidlaydi: Allohdan kelgan hamma dinlar birdir, Ibrohim alayhissalomdan boshlab, Iyso alayhissalomgacha – hammalariga ishonish lozim va hamma musulmon bo‘lishi shart. 2. «Va Iyso ibn Maryamga ochiq-oydin mo‘’jizalar berdik va uni Muqaddas ruh bilan qo‘lladik». Qur’oni Karim Iyso alayhissalomni doimo onalari Bibi Maryamga nisbat berib zikr qiladi. Bu bilan u kishining inson ekanliklarini ta’kidlaydi va u zot haqidagi turli afsonalarning bekor ekanini isbot qiladi. U kishiga berilgan «ochiq-oydin (mo‘’jiza)lar» haqida ham ko‘plab oyatlar kelgan. Bularga u kishiga nozil qilingan Injil kitobi va Alloh u kishiga bergan boshqa turli mo‘’jizalar kiradi. 49. Va Banu Isroilga rasul qiladikim, (u der): «Albatta, men sizga Robbingizdan mo‘’jiza keltirdim. Albatta, men sizga loydan qush shakliga o‘xshash narsa yasab, unga puflasam, Allohning izni bilan qush bo‘ladi. Allohning izni bilan tug‘ma ko‘r va peslarni tuzataman va o‘likni tiriltiraman. Sizlarga uylaringizda nimani emoqdasiz-u, nimani saqlayapsiz – xabarini beraman. Agar mo‘min bo‘lsangiz, albatta, bunda siz uchun oyat (belgi) bordir. Oyati karimaning avvalidagi jumladan ko‘rinib turibdiki, Iyso alayhissalom Banu Isroilga payg‘ambar bo‘lganlar. «Va Banu Isroilga rasul qiladi...» Shuning uchun Banu Isroilning avvalgi payg‘ambari bo‘lmish Muso alayhissalomga kelgan ilohiy kitob – Tavrot Iyso alayhissalomga ham ilohiy kitob hisoblanadi. Keyin oyatda Iyso alayhissalom Banu Isroil huzuriga payg‘ambar bo‘lib yangi kelgan paytlarida aytgan gaplari bayon qilinadi: «Albatta, men sizga Robbingizdan mo‘’jiza keltirdim». Bu mo‘’jiza u kishining payg‘ambar ekanliklarini isbotlashga xizmat qiladi. Bir odam odamlarning huzuriga kelib, «Meni Alloh sizlarga payg‘ambar qilib yubordi», – desa, odamlar «Bu gapingni nima bilan isbot qilasan?» – deyishlari turgan gap. Shuning uchun Alloh taolo har bir payg‘ambarni o‘z qavmiga yuborish chog‘ida o‘sha qavmning holiga, ijtimoiy, aqliy va boshqa saviyalariga qarab, mo‘’jiza ham beradi. Payg‘ambarga berilgan mo‘’jiza odatdan tashqari bir ish bo‘lib, o‘sha zamon kishilari «Bu ish oddiy odamning qo‘lidan kelmaydi, modomiki, ushbu ajoyib ishni bizga ko‘rsatdimi, bu odam haqiqiy payg‘ambar ekan. Unga iymon keltiraylik», – deyishi kerak bo‘ladi. Misol uchun, Muso alayhissalomni Alloh taolo payg‘ambar qilib yuborgan jamiyatda sehrgarlik juda ham rivojlangan ekan. Sehrgarlar jamiyatda obro‘li odamlar bo‘lib, turli sehrlarni ko‘rsatar ekanlar. Misol uchun, arqonni erga tashlasa, odamlar ko‘ziga ilon bo‘lib ko‘rinar ekan. Alloh taolo Muso alayhissalomga mazkur sehrgarlarning sehridan ko‘ra kuchli mo‘’jizalarni berdi. Ya’ni qo‘llaridagi hassani erga tashlasalar, katta ilon bo‘lib, sehrgarlarning arqon – ilonlarini yutib yuboradigan bo‘ldi. Ushbu oyatda Iyso alayhissalom o‘zlarining Banu Isroilga payg‘ambar qilib yuborilganlarini tasdiqlovchi mo‘’jizalarning ayrimlarini oldindan aytib ham o‘tmoqdalar: «Albatta, men sizga loydan qush shakliga o‘xshash narsa yasab, unga puflasam, Allohning izni bilan qush bo‘ladi. Allohning izni bilan tug‘ma ko‘r va peslarni tuzataman va o‘likni tiriltiraman. Sizlarga uylarin¬gizda nimani emoqdasiz-u, nimani saqlayapsiz – xabarini beraman». Ushbu jumlada Iyso alayhissalom o‘zlariga Alloh taolo tomonidan berilgan mo‘’jizalardan to‘rttasini zikr qilmoqdalar: a). Loydan qush yasab, puflasa, Allohning izni bilan tirik qushga aylanishi; b). Allohning izni bilan tug‘ma ko‘rni, pesni tuzatish; v). Allohning izni bilan o‘likni tiriltirish; g) Allohning izni bilan o‘zlari ko‘rmagan-bilmagan narsalarni – Banu Isroilga ular egan va uylarida saqlanayotgan narsalarni aytib berish... Ko‘pchilik qadimgi tafsirchilar tug‘ma ko‘rni, pesni Allohning izni bilan tuzatish, o‘likni tiriltirish kabi mo‘’jizalarni e’tiborga olib bo‘lsa kerak, Iyso alayhissalom davrlarida tib ilmi rivojlangan, shuning uchun Alloh taolo u kishiga o‘sha vaqt tabiblarining qo‘lidan kelmaydigan ishlarni mo‘’jiza qilib bergan, deganlar. Ammo Iyso alayhissalomning mo‘’jizalari e’tibor bilan o‘rganilsa, unda hayot berish yoki hayotni o‘rniga qaytarish, sog‘liqni joyiga keltirish va g‘aybdan xabar berishlar bor. Albatta, bu ishlarning hammasi Allohning izni bilan bo‘lishi qayta-qayta ta’kidlanyapti. Iyso alayhissalomga Alloh taolo tomonidan berilgan bu mo‘’jizalarning tabiatini o‘rgangan va o‘sha vaqtdagi tarixiy voqe’likni kuzatgan ulamolarimiz, Iyso alayhissalom davrida odamlar moddaparast bo‘lib ketgan edilar, degan fikrga kelganlar. Ular har bir narsaning sababi topilsa bo‘ldi, masala echiladi, deb fikrlaydigan, ruhoniy va g‘aybiy narsalarga mutlaqo ishonmaydigan bo‘lib ketishgan ekan. Ularning bu holatlarini muolaja qilish uchun Iyso alayhissalomga mazkur mo‘’jizalar berilgan ekan. Shu bilan birga, hali homilador bo‘lmagan qiz – Bibi Maryamga farishtalar Iyso tilidan hikoya qilib berayotgan bu haqiqatlar – Iysoning otasiz tug‘ilishi ham Allohning amri bilan g‘ayritabiiy bo‘lishidan darak berib turibdi. Bandalaridan biriga mazkur mo‘’jizalarni berishga qodir bo‘lgandan Zot bir odamni g‘ayritabiiy ravishda yarata olmasmidi?! Keyingi ikki oyatda ham Iyso alayhissalom nomlaridan aytilayotgan so‘zlar davom etadi: 50. Va o‘zimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi bo‘lib hamda sizga harom qilinganning ba’zisini halol qilish uchun (keldim). Va Sizga Robbingizdan mo‘’jiza bilan keldim. Allohga taqvo qiling va menga itoat eting. 51. Albatta, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir». Ushbu oyati karimaning avvalida Iyso alayhissalomning: «Va o‘zimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi bo‘lib...» deganlaridan u kishining Banu Isroilga payg‘ambar bo‘lib, Muso alayhissalomning shariatlariga amal qilib kelganlari yana bir bor bilinmoqda. U kishi bor narsani to‘ldirib kelganlar: «...sizga harom qilinganning ba’zisini halol qilish uchun (keldim)». Alloh taolo Banu Isroilga o‘zlari qilgan gunohlari uchun ba’zi narsalarni harom qilgan edi. Iyso alayhissalom o‘sha harom qilingan narsalarning ba’zisini halol qilib keldilar. «Sizga Robbingizdan mo‘’jiza bilan keldim». Ya’ni «Sizlarga ko‘rsatayotgan mo‘’jizalarda mening hech qanday fazlim yo‘q. Hammasi Allohdandir». «Allohga taqvo qiling va menga itoat eting». Demak, Iyso alayhissalomning da’vatlari Alloh taologa taqvo qilish va Uning rasuliga itoat etishdir. «Albatta, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling». Iyso alayhissalom ham xuddi boshqalar kabi bandadirlar, aslo, keyinchalik masihiylar da’vo qilganlaridek, xudo emas. Shuningdek, u kishi payg‘ambar bo‘lib kelgan Banu Isroil ham Allohning bandalaridir. Modomiki, Robb va banda bo‘lar ekan, bu hol bandaning Robbga ibodatini taqozo etadi. Ushbu aytilganlarga to‘liq amal qilingandagina to‘g‘ri yo‘lda yurilgan bo‘ladi, baxt-saodatga erishiladi. «Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir». Endi Iyso alayhissalom haqlaridagi haqiqatning xulosasi keltiriladi: 59. Albatta, Allohning huzurida Iyso xuddi Odamga o‘xshaydir. Uni tuproqdan yaratib, so‘ngra unga: «Bo‘l!» – dedi, bas, u bo‘ldi. Insonlar o‘lchovi va ko‘nikmalariga binoan qaralsa, Iyso alayhissalomning tug‘ilishlari odamni hayratga soluvchi, g‘ayritabiiy hodisa hisoblanadi. Shuning uchun ahli kitoblar, xususan, nasorolar Iyso alayhissalom haqlarida, xossatan, u kishining tug‘ilishlari haqida ixtiloflar qilishgan. U kishi otasiz dunyoga kelganlari uchun ular turli-tuman afsonalar, bekorchi xayollarni to‘qiganlar. Holbuki, ahli kitoblar Odam alayhissalomning tuproqdan yaratilganini, Allohning puflashi oqibatida jon kirganini yaxshi bilishadi. Bu haqda hech qanday ixtilof qilishmaydi. Yo‘q joydan Odam alayhissalomni yaratgan Zot tirik yurgan Maryamdan otasiz holda Iyso alayhissalomni yarata olmaydimi?! Allohning har bir narsaga qodir ekaniga ishongan esi bor odam bunga hech qanday shubhasiz iqror bo‘ladi. Alloh taolo insonning dunyoga kelishiga ota-onani sabab qilib qo‘ygan. Ota-onaning qo‘shilishi oqibatida insonning dunyoga kelishi hodisasi doimiy takrorlanaverganidan, odam mana shu ko‘rib turgan tajribasiga suyanib, sababchilarni asoschining o‘rniga qo‘yib yuboradi, ota-ona bo‘lmasa, bola bo‘lmaydi, degan hukmni chiqaradi. Alloh agar xohlasa, insonni ota-onasiz ham dunyoga keltira olishi mumkinligini xayollariga ham keltirmaydilar. Alloh taolo bandalarining esiga ushbu haqiqatni solib turish uchun ba’zan umumiy qoidadan tashqari chiqib, ayrim nodir ishlarni qilib, odamlarning ko‘ziga ko‘rsatib qo‘ygan. Masalan, farzand dunyoga kelishining asosiy sababchilari ota-ona emas, balki Alloh ekanini bilsinlar uchun ba’zilarni tug‘maydigan yoki tug‘dira olmaydigan qilib qo‘ygan. Bola tug‘ilishining asosiy sababi ota-onaning qo‘shilishi bo‘lsa, nima uchun bir-biriga qo‘shilgan hamma ota-onalardan ham bola tug‘ilavermaydi?! Holbuki, Alloh Odam Atoni otasiz va onasiz yaratdi. Ayolsiz, faqat erkak kishidan ham inson paydo bo‘lishi mumkinligining isboti uchun Odam Atodan Momo Havoni yaratdi. Erkaksiz, faqat ayoldan ham inson dunyoga kelishi mumkinligini esa Bibi Maryamdan Iysoning tug‘ilishi isbotlaydi. Ha, Alloh har bir ishga qodir Zotdir. «Bo‘l!» desa, bas, xohlagan ishi bo‘ladi. 60. Bu haq Robbingdandir, bas, shak qiluvchilardan bo‘lma. Ya’ni Iyso haqidagi bu haqiqat Robbingdandir, boshqa hech kimdan emas. Nabiy alayhissalom Alloh taolodan kelgan narsaga hech qachon shak qilmagan bo‘lmasalar ham, u kishiga «shak qiluvchilardan bo‘lma», deyilayotgani ta’kid uchun, haqda sobit turishga da’vatdir. Chunki Islom dushmanlarining mo‘minlarni yo‘ldan ozdirish uchun qilgan, qilayotgan va qilajak ishlari ma’lum edi. Iyso alayhissalom haqlaridagi bor haqiqat ochiqlanganidan keyin Alloh taolo Nabiy alayhissalomga xitob qilib, u zotni munozarani, gap talashishni tugatishga, kofirlarni mubohalaga – ikki guruhdan zolim bo‘lganining ziddiga duo qilishga chaqirishga amr etmoqda.("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam.
21 Aprel 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar