Imomni kutish vojibmi

Assalomu alaykum! Masjidga jamoat bo‘lib namoz o‘qish uchun boramiz. Ayrim vaqtlarda imomni ko‘proq kutib qolamiz. Imomni o‘rniga imomlikka loyiq boshqa birortasini o‘tkazmoqchi bo‘lsak ayrim birodarlarimiz imomni kutish vojib deyishadi. Imomni kutish vojib degan gapni asosi bormi, xadisda bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masjid imomi agar namoz o‘qib berishga mas’ul bo‘lsa, kechikmaslik uni zimmasida, kelmasa boshqa haqli odam namozga o‘taveradi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 130 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar