Yordam so‘ralganda yo‘q deyish

Assalomu alaykum! Qo‘shnim bor, ancha yaxshi daromad topadi. Interneti tugab qolsa, tochka yoqib turing deb so‘raydi megabayti tugab qolsa. Farzandlarini biznikiga tashlab turay deb yordam so‘raydi. Bir ikki rozi bo‘lsam, bira to‘la xuddi man unga doljenday qayta qayta tashlab ketaveradi. Qo‘shniga yordam qilish kk, shunga qodir qilganiga shukur qilish kk deyman o‘zimga. Lekin asabimga tegadi o‘zini imkoni bb turib mandan yordam so‘rayverishi (o‘ligini ortvolishi). Savolim bunaqa paytda Iltimosiga yo‘q desam gunoh, Allohning g‘azabini keltiradigan, barakani to‘sib qo‘yadigan ish qilgan bo‘lmaymanmi?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Insonlarga yordam qo‘lini cho‘zish eng ulug‘ ibodatlardandir. Ayniqsa, ko‘makka muhtoj vaziyatda turgan kishi o‘zi yordam so‘raganida buning savobi yanada ulug‘ bo‘ladi. Bu Alloh taolo bizlarga buyurgan amal - yaxshiliklarga musobaqalashish sirasidandir. Hadisi sharifda bunday deyilgan:عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ نَفَّسَ عَنْ مُؤْمِنٍ كُرْبَةً مِنْ كُرَبِ الدُّنْيَا نَفَّسَ اللهُ عَنْهُ كُرْبَةً مِنْ كُرَبِ يَوْمِ الْقِيَامَةِ، وَمَنْ يَسَّرَ عَلَى مُعْسِرٍ يَسَّرَ اللهُ عَلَيْهِ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ، وَمَنْ سَتَرَ مُسْلِمًا سَتَرَهُ اللهُ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ، وَاللهُ فِي عَوْنِ الْعَبْدِ مَا كَانَ الْعَبْدُ فِي عَوْنِ أَخِيهِ. وَمَنْ سَلَكَ طَرِيقًا يَلْتَمِسُ فِيهِ عِلْمًا سَهَّلَ اللهُ لَهُ طَرِيقًا إِلَى الْجَنَّةِ. وَمَا اجْتَمَعَ قَوْمٌ فِي بَيْتٍ مِنْ بُيُوتِ اللهِ يَتْلُونَ كِتَابَ اللهِ وَيَتَدَارَسُونَهُ بَيْنَهُمْ إِلَّا نَزَلَتْ عَلَيْهِمُ السَّكِينَةُ وَغَشِيَتْهُمُ الرَّحْمَةُ وَحَفَّتْهُمُ الْمَلَائِكَةُ وَذَكَرَهُمُ اللهُ فِيمَنْ عِنْدَهُ. وَمَنْ بَطَّأَ بِهِ عَمَلُهُ لَمْ يُسْرِعْ بِهِ نَسَبُهُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir mo‘mindan bu dunyo mashaqqatlaridan birini aritsa, Alloh taolo undan qiyomat kuni mashaqqatlaridan birini aritadi. Kim bir kambag‘alning ishini engillatsa, Alloh uning bu dunyoyu oxirat ishlarini engillatadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh uning aybini bu dunyoyu oxiratda berkitadi. Modomiki, banda o‘z birodarining yordamida ekan, Alloh ham uning yordamida bo‘ladi. Kim ilm talab qilish yo‘liga tushsa, Alloh unga jannatning yo‘lini engillashtiradi. Qaysi bir qavm Allohning uylaridan birida jam bo‘lib, Allohning Kitobini tilovat qilsa, uni o‘rgansa, albatta, ularning ustiga sakiyna tushadi, ularni rahmat o‘rab oladi, farishtalar qurshab oladilar va Alloh ularni O‘z huzuridagilar qatorida zikr qiladi. Kimning amali ortga sursa, uni nasabi oldga sura olmaydi», dedilar».
Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar.
 Yordam so‘rovchi inson sizga qo‘shni bo‘lsa buning savobi yanada ulug‘ bo‘ladi. Bunday vaziyatda narigi taraf o‘zi qodir bo‘lsada boshqalarga yukini tashlab qo‘yayotgandek ko‘rinsa ham, fursatni g‘animat bilib savob ishlab olishga harakat qilaverish kerak. U ham shu vaziyatda sinalmoqda, siz ham sinalmoqdasiz. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 18:56 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar