Pora bo‘lib qolmaydimi?

Assalomu alykum ustoz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin, din yo‘lidagi xizmatlaringizni davomli qilsin. Men instetutda 1-kursda o‘qiyman. Yaqinda birinchi yarim yillik imtihonlari tugadi (2-hafta oldin). Barcha imtihonlardan muvoffaqiyatli o‘tdim. Lekin bugun bir domlam<< seni bahoyingni kotarib qo‘yganman>> deb qoldi va evaziga shokolat olib kelishimni aytdi. Avvaliga rad etmoqchi bo‘ldim lekin domlam bilan munosabatim yaxshi , uni yomonlashishidan qo‘rqayabman. Meni fikrimcha bahoyimni ko‘tarib emas balki pasaytirib qo‘ygan bo‘lishi mumkin (yana Alloh biladi). Chunki guruhimizda boshqalarga nisbatan yaxshi o‘qiyman (mendan ham yaxshilar bor). Umuman o‘qimaydiqan talabalar ham mendan yuqori ball olishgan. Nima qilay ustoz? Oldindan raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bermaslik kerak.

6 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar