Variantga moshina olish

Assalomu alaykum! Misol uchun men do‘stimdan mashina olmoqchiman, mashinaning bozordagi narxi 8000$. Do‘stim menga mashinani 1 yilga «variantga» nasiya savdosi qilib 10.000$ ga berdi (oyiga 1000$ dan to‘lash sharti bilan). Men 5 oyda (5000$) to‘ladim. Va qolgan 5000$ pulni bir vaqtni o‘zida to‘lamoqchiman. Shu pulni men «4000$» qilib to‘lasam va savdoni tugatsam joizmi? Bunga sotuvchi xam rozi bo‘lsa. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz 5000ni bering. U moshinani asl narxini olib qolib, qolgan 7 oylik foydasini qaytarib bersin. Olib qolishni xohlasa ham o‘zi biladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 206 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar