G‘ayridindan olingan qarz

aziz Ustoz!Sizga ko‘p savol berayotganimdan iltimos, og‘rinmang. Chunki, har safar savollarimizga javobingizni o‘qir ekanman qalbimga u bilan huzur halovat qo‘shilib kirgandek bo‘ladi. Shunda o‘ylaymanki, demak bu o‘rtamizdagi ma’naviy robita va bu narsa ayni kunlarda menga o‘xshaganlar uchun juda muhim. Ijozat bersangiz yana bir savol bilan murojaat qilsam:Musulmonning bir g‘ayridindan qarzi bor edi. Vaqti kelib g‘ayridin o‘z holida vafot etib ketdi va ortidan g‘ayridin farzandlarni qoldirdi. O‘sha musulmon vafot etgan g‘ayridinning barcha vafot harajatlarini zimmasiga olgan bo‘lsa ham qarzidan yana ortib qoldi. O‘sha ortib qolgan zimmasidagi qarzni to‘lamoqchi bo‘lsa, uning g‘ayridin bolalariga beradimi yoki boshqa joygami?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bolalarga.

6 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar