Tahajjud namozi haqida

Assalomu alaykum hazratsavolim Arab davlatlarida tahajjud namizini Jamoat bilan o‘qishadi ba‘zi joylarda azon aytib shunda biz ularga iqtido qilib Tahajjud nomozi uqisak durust buladimi shunday uqishlikka ruhsat bormi sung Hazrat sizdan Misrda talim olayotgan toliblar maslahat suramoqchi edik bu yirda har hil mazhabdan "uztozlar" uchraydi bunisi meniki tug‘ri unisi meniki tug‘ri diydi shu uchun sizdan maslahat surab biz tolibi ilmlar Aqida to‘g‘risida kimnilarni qaysi kitoblaridan foydalansak bo‘ladi qanday Aqida kitoblarni tavsiya qilasizAlloh rozi bo‘lsin Assalomu alaykum va Rahmatullohi va barakatuh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur shaklda tahajjud namozi o‘qib bo‘lmaydi.- Ahli sunna val jamoa mazhabiga oid asl kitoblarni o‘qish kerak. “Aqoidut Tohaviya”, “Aqoiudun Nasafiya” va ularning sharhlari. Yangi kitoblardan Muhammad Sa’iyd Ramazon Butiyning “Kubro yaqiyiyatil kavniyya”, Habannakal Maydoniyning aqiyda bo‘yicha kitobini o‘qish tavsiya qilinadi.

21 Aprel 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 181 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar