Marhumning qarzini to‘lash
Assalomu alaykum! Ota-onam dunyodan o‘tganlar. Alloh rahmat qilsi, dadamni 3-4 kishidan qarzlari qolgan. Uni to‘lashni ukam zimmasiga olgan. Savolim: Shu qarzni ukam zimmasiga olgan bo‘lsa ham biz to‘lasak bo‘ladimi? Yoki faqat kim zimmasiga olgan to‘laydimi?
2) Dadamni qarzlari qarindoshlardan edi. Ularga qarzni bersak umuman olishmayapti. Biz rozimiz olmaymiz deb turib olishyapti. Biz qanday yo‘l tutaylik? Dadajonim u dunyoda qarzlari uchun savoblaridan ayrilishlarini xohlamayman. Sizlarga katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Zimmasiga olgan kishi to‘lab, boshqalar to‘lamaydi” degan gap noto‘g‘ri. Bizning mazhabimizda o‘lgan odam tarafidan kafil bo‘lish yo‘q. Barcha merosxo‘rlar merosni taqsim qilishlaridan avval mayyitga tegishli uy-joy, sotsa pul bo‘ladigan barcha narsani avval mayyitning qarziga to‘lashi vojib. Qolganida meros joriy bo‘ladi. Qarzni to‘lamay ota-ona qoldirgan uy-joyda o‘tirish vojibni tark qilish hisoblanadi. Ota-onaning jannatga kirishidan man qilish ham hisoblanadi. Agar sizlar o‘zingizni mulkingizdan otangizni qarzini to‘lasangiz, farzandlik burchingizni bajargan bo‘lasiz. Haqdorlar rozi bo‘lsa, otangizni zimmasidan soqit bo‘ladi. Mayyitning zimmasidagi qarzning hukmi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:«من فارق الروح الجسد، وهو بريء من ثلاث دخل الجنة: من الكبر، والغلول، والدين» «Kimning ruhi uch narsadan: kibrdan, o‘ljaga xiyonatdan va qarzdan xoli bo‘lib jasadidan ajrasa, jannatga kiradi».
Ibn Moja rivoyat qilgan.«نفس المؤمن معلقة بدينه حتى يقضى عنه»«Mo‘minning joni qarzi ado etilmaguncha tutib turiladi».
Termiziy rivoyat qilgan.
Bir kishining akasi vafot etib, zimmasida qarzi qoldi. U akasi haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘radi. U zot: «U qarzi tufayli tutib turilibdi, uning qarzini to‘la», dedilar.
Imom Ahmad rivoyat qilgan.
Bu hadis mayyitdan meros qolsa, uning qarzini to‘lash merosxo‘rlarga farz ekanligiga dalolat qiladi. Horis ibn Rib’iy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi «Ey Allohning Rasuli, ayting-chi, agar Allohning yo‘lida qatl qilinsam, xatolarim kechiriladimi?» deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Ha, agar sabr qilib, savob umidida Allohning yo‘lida qatl qilinsang. Lekin qarz mustasno, chunki Jabroil menga shunday degan», dedilar. Bir kishi vafot etib, zimmasida qarzi qolgan bo‘lsa, undan qolgan bor mol-mulkni haqdorlarga haqlarining hissasiga mutanosib miqdorda tarqatish merosxo‘rlarning zimmasiga farz bo‘ladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, ko‘pchilik «Vafot etgan kishi bizga hech narsa qoldirmagan», deb da’vo qiladi, vafot etgan kishidan qolgan narsalarni, xususan, uy-joylarni merosdan tashqari deb biladi. Agar mayyitdan hech narsa qolmagan bo‘lsa, merosxo‘rlar ko‘ngildan chiqarib, uning qarzini ado qilsalar, bu ish o‘likning orqasidan qilinadigan xayr-ehsonlardan ko‘ra afzaldir.عَنْ سَلَمَةَ بْنِ الْأَكْوَعِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا جُلُوسًا عِنْدَ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم إِذْ أُتِيَ بِجَنَازَةٍ، فَقَالُوا: صَلِّ عَلَيْهَا. فَقَالَ: «هَلْ عَلَيْهِ دَيْنٌ؟» قَالُوا: لَا. قَالَ: «فَهَلْ تَرَكَ شَيْئًا؟» قَالُوا: لَا. فَصَلَّى عَلَيْهِ، ثُمَّ أُتِيَ بِجَنَازَةٍ أُخْرَى، فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، صَلِّ عَلَيْهَا. قَالَ: «هَلْ عَلَيْهِ دَيْنٌ؟» قِيلَ: نَعَمْ. قَالَ: «فَهَلْ تَرَكَ شَيْئًا؟» قَالُوا: ثَلَاثَةَ دَنَانِيرَ. فَصَلَّى عَلَيْهَا، ثُمَّ أُتِيَ بِالثَّالِثَةِ، فَقَالُوا: صَلِّ عَلَيْهَا. قَالَ: «هَلْ تَرَكَ شَيْئًا؟» قَالُوا: لَا. قَالَ: «فَهَلْ عَلَيْهِ دَيْنٌ؟» قَالُوا: ثَلَاثَةُ دَنَانِيرَ. قَالَ: «صَلُّوا عَلَى صَاحِبِكُمْ». قَالَ أَبُو قَتَادَةَ: صَلِّ عَلَيْهِ يَا رَسُولَ اللهِ، وَعَلَيَّ دَيْنُهُ. فَصَلَّى عَلَيْهِSalama ibn Akva’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida o‘tirgan edik. Bir payt janoza keltirildi. «Unga janoza o‘qib bering», deyishdi. Shunda u zot: «Zimmasida qarz bormi?» dedilar. «Yo‘q», deyishdi. «Undan biror narsa qolganmi?», dedilar. «Yo‘q», deyishdi. Shunda u zot unga janoza o‘qidilar.Keyin boshqa bir janoza keltirildi. «Ey Allohning Rasuli! Unga janoza o‘qib bering», deyishdi. U zot: «Zimmasida qarz bormi?» dedilar. «Ha», deyishdi. «Biror narsasi qolganmi?» dedilar. «Uch dinor (qoldirgan)», deyishdi. U zot unga janoza o‘qidilar.Keyinroq uchinchi janoza keltirildi. «Unga janoza o‘qib bering», deyishdi. U zot: «Biror narsasi qolganmi?» dedilar. «Yo‘q», deyishdi. «Zimmasida qarz bormi?» dedilar. «Uch dinor», deyishdi. «Birodaringizga janoza o‘qib qo‘yinglar», dedilar. Shunda Abu Qatoda: «Unga janoza o‘qib bering, ey Allohning Rasuli! Qarzi mening zimmamga bo‘lsin» degan edi, u zot unga janoza o‘qidilar». عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «هَلْ تَدْرُونَ مَنْ الْمُفْلِسُ؟»، قَالُوا: الْمُفْلِسُ فِينَا يَا رَسُولَ اللَّهِ، مَنْ لَا دِرْهَمَ لَهُ، وَلَا مَتَاعَ، قَالَ: «إِنَّ الْمُفْلِسَ مِنْ أُمَّتِي، مَنْ يَأْتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِصِيَامٍ وَصَلَاةٍ وَزَكَاةٍ، وَيَأْتِي قَدْ شَتَمَ عِرْضَ هَذَا، وَقَذَفَ هَذَا، وَأَكَلَ مَالَ هَذَا، فَيُقْعَدُ فَيَقْتَصُّ هَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ، وَهَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ، فَإِنْ فَنِيَتْ حَسَنَاتُهُ قَبْلَ أَنْ يَقْضِيَ مَا عَلَيْهِ مِنْ الْخَطَايَا، أُخِذَ مِنْ خَطَايَاهُمْ فَطُرِحَتْ عَلَيْهِ ثُمَّ طُرِحَ فِي النَّارِ»Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Muflis kimligini bilasizlarmi?» dedilar. «Muflis – dirhami ham, matosi ham yo‘q kishidir», deyishdi. U zot shunday dedilar: «Muflis –ummatimdan chiqqan, Qiyomat kuni ro‘za, namoz va zakot bilan keladigan, buni obro‘siga til tekkizgan, bunisiga esa tuhmat qilgan, unisining esa molini (nohaq) egan kishidir. Uni o‘tirg‘izib qo‘yishadi, uning buning hasanotidan qasos (sifatida) olib beriladi, bunga ham uning hasanotidan olib beriladi. Agar uning hasanotlari (haq egalarining) haqlarini olib berishdan oldin tugab qolsa, ularning gunohlaridan olinib, unga qo‘shib qo‘yiladi. So‘ngra do‘zaxga tashlanadi».
Imom Ahmad rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:19 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar