Itni yo‘q qilish

Assalomu alaykum! Ma’lumki it boqish dinimizda harom. Qo‘shnilarimni ko‘pi it boqadi, bu itlar esa hamma joyni hidlanib hatto bizning hovliga ham kirib hamma joyni hidlanib harom qiladi. Savol shuki shu itlarni zaharli ovqat berib yo‘q qilsam ya’ni o‘ldirsam menga gunoh yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 15 kun oldin shu savolni bir odam so‘ragan edi. Orqasidan 3 kun o‘tib yana biri so‘radi. Bugun siz so‘rayapsiz, hammangiz “Izlash xizmati”dan foydalandik meni savolim boshqacha yozsangiz kerak. Savol bitta itlar boshqa boshqa bo‘lishi mumkin. It birovning mulki, siz zarar bermaslikka chaqirishingiz mumkin, agar zarar berishdan to‘xtamasa mas’ul joylarga shikoyat qiling. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar