Chet tillari
Assalomu-alaykum hurmatli shayh hazratlari! Men hozirda A.Q.SH da yashayapman.Bu erda qachon musilmon ekanligimni bilishsa deyarli doim savolga tutishadi.OLLOH haqqida gap borayotganida ular Ingliz tilidagi He (u erkak) ko‘rsatkich olmoshini ishlatishadi.OLLOH ni jinsini aniqlash harom deyilgani uchun men har safar U yani He (u erkak) ko‘rsatkich olmoshini ishlatmaymanda OLLOH deb gapiraveraman.Masalan; "ALLAH said" so‘zi O‘zbek tiliga "OLLOH dedi" bo‘lib tarjima qilinadi.Ingliz tilida felning ohiriga s qo‘shimchasini qo‘shilishidan gap uchinchi shahs haqqida ketayotganligi tushinib olinadi va uchinchi shahsning jinsi yoki jonli va jonsiz narsa ekanligini bildirishdan chetlanish iloji topiladi.Faqat gapning boshida haligi aytganimizday har safar feldan oldin ALLOH deb he (u erkak), she (u ayol), it (u narsa yoki hayvon) ko‘rsatgich olmoshlaridan foydalanmaslik sharti bilan albatta.Shundan so‘ng tinglovchi o‘z-o‘zidan "uchinchi shahs erkakmi,ayolmi,buyummi yoki hayvon" degan savolni beradi va men biz buni aniqlashdan qaytarilganmiz deyman.Endi, Rus tilidachi buni hukmi qanday bo‘ladi?Rus tili gramatikasiga binoan "ALLAH skazal" yoki "ALLAH skazala" deyilishiga to‘g‘ri keladi.Ko‘rsatish olmoshlaridan qochilganda ham.Masalan; On,Ona yoki ono lardan.Ingliz tilida esa buni iloji yo‘q.Demak savolim: Bunda nima qilgan afzal yoki tilning gramatikasi shunga majbur qilgani uchun bunda ALLOH ning jinsi yoki jonli va jonsizligini aniqlanmagan bo‘ladimi?Savolim be mani bo‘lsa oldindan ming bor uzr!!! Javobingiz uchun oldindan ming bor tashakkur.OLLOH sizni hamisha sog‘-salomat saqlasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oxirgi fikringiz to‘g‘ri. Qur’oni Karimda ham “huva” ruscha “on” shaklida kelgan.
6 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oxirgi fikringiz to‘g‘ri. Qur’oni Karimda ham “huva” ruscha “on” shaklida kelgan.
6 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar