Virtual zino

Assalomu alaykum! Bir yaqinimning turmush o‘rtog‘i ijtimoiy saytlarda o‘tirib ayollardan tanishlar ortiradi, ular bilan smslashib sevishadi, telefonda gaplashib, uchrashadi. Ayoli unday qilmang zino bilan baravar desa, men Allohning oldidi "oppoq"man deydi. Erkakning qilayotgan ishi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُما، قَالَ: مَا رَأَيْتُ شَيْئًا أَشْبَهَ بِاللَّمَمِ مِمَّا قَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ اللهَ كَتَبَ عَلَى ابْنِ آدَمَ حَظَّهُ مِنَ الزِّنَا، أَدْرَكَ ذَلِكَ لَا مَحَالَةَ، فَزِنَا الْعَيْنَيْنِ النَّظَرُ، وَزِنَا اللِّسَانِ النُّطْقُ، وَالنَّفْسُ تَمَنَّى وَتَشْتَهِي، وَالْفَرْجُ يُصَدِّقُ ذَلِكَ أَوْ يُكَذِّبُهُ»، قَالَ عَبْدٌ فِي رِوَايَتِهِ: ابْنِ طَاوُسٍ، عَنْ أَبِيهِ، سَمِعْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ  Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Kichik gunohlar haqida Abu Hurayra roziyallohu anhuning quyidagi so‘zidan munosib so‘zni eshitmaganman: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Alloh odamzotga uning zinodagi ulushini yozib qo‘ygan bo‘lib, uni olmay qo‘ymaydi. Ko‘zning zinosi qarashdir. Tilning zinosi gapirishdir. Nafs uni xohlab, istab turadi, farj esa uni yo ro‘yobga chiqaradi, yo yolg‘onga chiqaradi».
Muslim rivoyati.
Izoh: «Odamzotning zinodagi ulushi yozilgan» deganda insonning umri, rizqi belgilab qo‘yilganidek, barcha fe’l-atvori va shu jumladan zinoning biror ko‘rinishini qilishigacha bitib qo‘yilgan bo‘lishi tushuniladi. Ammo peshonamga yozilgan ekan-da deb, o‘sha gunohni qilishga yo‘l topish mumkin emas. Aksincha, gunohni qilish-qilmaslikda insonga ixtiyor berilgan. Shuning uchun banda amaliga yarasha mukofot yoki jazo oladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 05:51 | Savol-javoblar | 187 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar