Texnologiyalar haqida

Assalomu alaykum! Xozirgi zamonimizdagi telefon, kompyuter va shunga o‘xshash texnologiyalar haqida Qur’oni karimda xabar berilganmi yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan aytilgan bironta hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’oni karim va hadislar insonni bu dunyoda to‘g‘ri yashab, oxiratda najot topishligini ta’limini beradigan dasturlardir. Texnika yoki boshqa narsalar ularning maqsadi emas. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 14:08 | Savol-javoblar | 151 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar