Xarid evaziga rag‘bat olish
Assalomu alaykum! Chet elda yashayman, bu erda kredit kartadan foydalanish keng tarqalgan, avval shunga o‘xshagan savolni ko‘rdim, savol aniq berilmaganligi uchun yana beryapman, kredit kartadan foydalanilganda, har doim o‘z vaqtida ishlatilgan summanigina kredit karta kompaniyasiga to‘lansa, hech qanday qo‘shimcha foiz to‘lanmaydi, aksincha, agar kredit kartadan foydalanilsa maxsus point-ochkolar to‘planadi, ular keyinchalik yaxshigina moliyaviy qiymatga ega bo‘lishi mumkin, to‘plangach. Shunday kredit kartani ishlatish, point-ochkolaridan foydalanib qo‘shimcha pul yoki xizmatlardan foydalanish halolmi? Yana urg‘u bermoqchimanki, men har doim o‘z vaqtida to‘layman, shu asnoda 5-6 yildan beri ishlatib kelaman, foizsiz, lekin sizlarning bir javobinglarni ko‘rib g‘ulg‘ulaga tushdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chet elda yashasangiz o‘sha erdagi muftiylardan fatvo oling. Chunki bu kabi masalalarga har kimning yashab turgan joyining ulamolari yaxshilab chuqur o‘rganib fatvo berishadi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 17:48 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat