Ro‘zada niyat

Assalomu alaykum! Necha yillik qarz ro‘zalarimni tutishni boshladim. Ammo niyat qilayotganda qazo deb og‘zaki aytish esimdan chiqipti. O‘sha kundagi ro‘zalarni boshqattan tutishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Saharlikka nima niyatida turgan bo‘lsangiz o‘sha niyat hisoblanadi. Qaytadan tutish shart emas. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar