Farzand xaftaning kuniga qaraladimi?

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, kecha uyimizda yig‘in qildik. Otinoyi keldila, maruza qibtilar. Oyijon ertasi kuni ovsinim bilan menga “eshitib qo‘yila xaftani dushanba payshanba va juma kunlari qo‘shililar. O‘sha kunda vujudga kelgan farzand yaxshi inson bo‘larkan. Boshqa kuni bo‘lgan bolalar jinoyatchi va o‘g‘ri yoki yomon inson bo‘larkan” dedilar. Buni otinxola etganmushlar. Yana nimamush bu gaplar Qur’on oyatlarida kelgana ekan. U otin qamoqxonalargayam borib ayollarga maruza qilarkanlar, xullas ular ham o‘sha xafta kunlarida paydo bo‘lishganligi uchun shu yo‘llarga kirib qolishgan ekan. Oyijon bilan shu masalada baxslashib qoldik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Falon kunlarida bo‘lsa yomon bola bo‘ladi deyishi noto‘g‘ri. Yaxshi bo‘ladi degan kunlariga ham sahih hadislar yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:52 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar