Jamoat va qazo namozi to’g‘risida
Assalomu aleykum! Hurmatli Shayx Hazratlari olib borayotgan ishingizda Alloh madodkor bo‘lsin.Biz namozlarimizda uyda, akam va jiyanlarim bilan birgalikda, jamoat bo’lib ado etishlikka harakat qilamiz. Men talabaman, o’qishda bo’lgan paytlarimda peshin namozimni ado etolmayman. Uyga kelganimda asrning vaqti kirgan va uydagilar asr namozini ado eishga qoim bo’lib turgan bo’ladilar. Peshinning qazosini o’qib olaman desam keyin asr namozini bir o’zim ado etishimga to’g‘ri keladi. Yoki asr namozini jamoat bilan birga ado etsam, undan so’ng peshinning qazosini ado etishimga to’g‘ri keladi. Bu savolni so’rashimning sababi agar kishi qazo namozi borligi esida bo’la turib, vaqti kirgan namozni o’qisa u namozi qabul bo’lmas ekan va avval qazo bo’lgan namozni ado etib, so’ngra vaqti kirgan namozni yana qaytadan ado etishi kerak ekan.Shu holatda men qaysi namozni ado etishligim to’g‘ri: jamoat bilan namozimni ado etaymi yoki avval qazo namozimnimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Avvalo namozni qazo qilmaslik kerak. nima qilib bo‘lsa ham, ishora bilan bo‘lsa ham, vaqtida o‘qish kerak. qazosi bor odam avval qazosini o‘qiydi. Uydagilar jamoatni ortga surib turishadi.
6 May 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 158 | Namoz