Imom qunut duosini unutdi

Assalomu alaykum! Kecha taroveh nomozidan keyin vitr vojib o‘qiganimizda imom qunut duosini o‘qimay rukuga ketdi, men esa quloq qoqdim qunut duosini o‘qish uchun lekin qarasam imom rukuga ketganini ko‘rib men ham qunut duosini o‘qimay ruku qildim. Keyin imom oxirida sajdai saxv qildi. Jamoatdagi ayrim insonlar esa bilmasdan quloq qoqib qunut duosini o‘qishgan va qarasalarki imom sajda qilayotganini ko‘rib ular birdan ruku qilmay sajdaga ketishgan. Shunda imom namozini tugatib bo‘lib kim ruku qilmagan bo‘lsa o‘shalarni ichidan bir ahli ilim insonni chaqirib imomlikka o‘tqazdilar va jamoatdagi hamma kishi qaytadan vitr vojib o‘qidik. Imom aytdilarki “Kim ruku qilmay o‘qigan bo‘lsa namozini tugatadi, ruku qilgalar esa imom salomidan keyin turib yana bir rakat qo‘shadi, shunda ular uchun naflga aylanadi” dedilar. Shu qilganimiz to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida to‘g‘ri lekin imom bilan ruku’ qilganlar iqtido qilmay qo‘yaversin desa to‘g‘ri bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 01:36 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar