Namoz vaqtini cho‘zib o‘qish

Assalomu alaykum! 1). Namoz o‘z vaqtida farz deyilgan. Shunda bu peshin 13:00 da o‘qisa xuddi shu vaqtdan 4-5 minutam o‘tkazib yubormasdan o‘qish nazarda tutiladimi? Agar o‘tkazib yuborib o‘qisa gunoxkor bo‘ladimi? 2). Yozda xamma kun issiqligidan jamoat basseynlariga boradi. Aniqki u erda tanasini yarmi ochiq nomaxramlar xam bor. O‘ziga ishonchi komil inson qaramiman ulaga deb basseynga borsa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Hozir 12:30da peshinning vaqti kiradi, 17:41da asr vaqti kirayapti. Shuni orasida o‘qib olsangiz vaqtida o‘qigan bo‘lasiz. 2). Mumkin emas. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar