Tasodifan odam o‘dirish
Assalomu alaykum! Qasdan odam o‘ldirish katta gunox diyshadi. Xadislardan agar kimki qasdan odam o‘ldirsa oxirida bir umr do‘zoxga qoladi deyshadi. Agar biron kishi bexosdan odam o‘ldirsa uni gunoxi qanday bo‘ladi? Masalan biror kishini moshinada bexosdan urib yuborsa va u odam vafot qilsa, urgan odamni gunohi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi: وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ أَن يَقْتُلَ مُؤْمِنًا إِلاَّ خَطَئًا وَمَن قَتَلَ مُؤْمِنًا خَطَئًا فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةٍ وَدِيَةٌ مُّسَلَّمَةٌ إِلَى أَهْلِهِ إِلاَّ أَن يَصَّدَّقُواْ فَإِن كَانَ مِن قَوْمٍ عَدُوٍّ لَّكُمْ وَهُوَ مْؤْمِنٌ فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةٍ وَإِن كَانَ مِن قَوْمٍ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُمْ مِّيثَاقٌ فَدِيَةٌ مُّسَلَّمَةٌ إِلَى أَهْلِهِ وَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةً فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ تَوْبَةً مِّنَ اللّهِ وَكَانَ اللّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا 92. Mo‘min mo‘minni o‘ldirishi mumkin emas. Faqat yanglishib (o‘ldirsa mustasno). Kimki mo‘minni yanglishib o‘ldirib qo‘ysa, bas, unga bir mo‘min qulni ozod qilish va (o‘lganning) ahliga taqdim etiladigan xun, agar ular sadaqa qilmasalar, vojibdir. Agar u sizga dushman qavmdan bo‘lib, o‘zi mo‘min bo‘lsa, bir mo‘min qulni ozod qilish vojib bo‘lur. Agar u siz bilan orasida ahdu paymon bor qavmdan bo‘lsa, ahliga taqdim etiladigan xun va bir mo‘min qulni ozod qilish vojibdir. Kim topa olmasa, unga ketma-ket ikki oy ro‘za tutish vojibdir. Bu Alloh tavbani qabul qilishi uchundir. Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta hikmatlidir.
Mo‘min inson o‘zining mo‘min birodariga nisbatan doimo yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim. Bu uning mo‘minlik vazifasi. Shuning uchun ham ushbu oyatda:
«Mo‘min mo‘minni o‘ldirishi mumkin emas», – deb, bu hol, ya’ni mo‘minning mo‘min tomonidan o‘ldirilishi ehtimoldan uzoq hisoblanmoqda. Lekin bandachilik tufayli xato sodir bo‘lib, beixtiyor shunday ko‘ngilsiz hodisa yuzaga kelishi mumkin. Ulamolar yanglishib, bilmasdan o‘ldirishni bir necha xilga bo‘lganlar. Biror hayvon yoki qushni ovlash niyatida otilgan o‘q bexosdan mo‘minga tegib, uni o‘ldirishi. Kofirlarning ichida, ularning kiyimida yurgan mo‘minni bilmay o‘ldirib qo‘yish kabilar. Oyatda mo‘min mo‘minni bilmay o‘ldirishining uch xil surati va ularning jazosi tilga olingan:
1. Musulmon jamiyatida yashab turgan mo‘minni boshqa bir mo‘min bilmasdan o‘ldirib qo‘yishi. Bu holda qotil bir mo‘min qulni ozod qiladi. Modomiki, u mo‘minlar jamiyatidan bir tirik jonning kamayishiga sabab bo‘ldimi, buning jazosiga boshqa bir mo‘minni to‘laqonli hurlikka chiqarsin. Bunga qo‘shimcha ravishda o‘ldirilgan shaxsning ahliga uning xunini bersin. Bu ularning dard-alamini engillatadi, o‘lgan shaxs keltirishi mumkin bo‘lgan moddiy foydalarning evazi bo‘ladi.
Imom Ahmad va boshqa muhaddislar qilgan rivoyatda Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilmasdan o‘ldirilgan odamning xuniga yigirmata binti maxoz, yigirmata banu maxoz, yigirmata binti labun, yigirmata jaza’a, yigirmata hiqqa tuyalar berishga hukm chiqardilar».
Binti maxoz – bir yoshdan oshgan urg‘ochi tuya;
Bani maxoz – bir yoshdan oshgan erkak tuya.
Binti labun – ikki yoshdan oshgan urg‘ochi tuya;
Jaza’a – to‘rt yoshdan oshgan urg‘ochi tuya;
Hiqqa – uch yoshdan oshgan urg‘ochi tuya.
Xunni qotilning ota taraf qarindoshlari to‘laydilar.
Agar o‘ldirilgan shaxsning qarindoshlari kechirib yuborsalar, o‘zlarining ishi. Bu yaxshilik hisoblanadi va marg‘ub bir ishdir.
«Kimki mo‘minni yanglishib o‘ldirib qo‘ysa, bas, unga bir mo‘min qulni ozod qilish va (o‘lganning) ahliga taqdim etiladigan xun, agar ular sadaqa qilmasalar, vojibdir».
2. O‘ldirilgan shaxs o‘zi dushman qavmidan bo‘lsa-yu, lekin mo‘min bo‘lsa, bu holda qotilga bir mo‘min qulni ozod qilish vojib bo‘ladi. Birinchi suratda aytilganidek, bir mo‘min jonning kamayishiga sabab bo‘lgani uchun Islom jamiyatiga yangi to‘laqonli mo‘minni qo‘shishi zarur. Biroq bu holatda xun berish vojib bo‘lmaydi. Chunki agar xun to‘lanadigan bo‘lsa, dushman qavmga beriladi. Ular esa bu molni musulmonning ziddiga ishlatadilar.
«Agar u sizga dushman qavmdan bo‘lib, o‘zi mo‘min bo‘lsa, bir mo‘min qulni ozod qilish vojib bo‘lur».
3. O‘ldirilgan shaxsning o‘zi mo‘min, qavmi esa mo‘min emas, ammo ularning musulmonlar bilan tuzilgan tinchlik ahdnomalari bor. Bu holda qotilga bir mo‘min qulni ozod qilish va marhumning ahliga xun to‘lash vojib bo‘ladi. Ikkinchi suratdagidan farq shundaki, marhumning ahli musulmonlar bilan tinchlik ahdnomasi tuzgan. Bunda musulmonlarga qarshi urush xavfi bo‘lmaydi, shuning uchun ularga marhumning xuni berilaveradi.
«Agar u siz bilan orasida ahdu paymon bor qavmdan bo‘lsa, ahliga taqdim etiladigan xun va bir mo‘min qulni ozod qilish vojibdir».
Ba’zi hollarda qotil qul ozod qilishga imkon topa olmasligi mumkin. Bu holda unga boshqa jazo belgilanadi. U uzluksiz ikki oy ro‘za tutadi. Faqat bemorlik, hayz ko‘rish yoki nifos sababidan ro‘za orasini uzsa bo‘ladi. Boshqa holda biron kun tutmasa, yana yangidan ikki oy ro‘za tutishni boshlaydi.
«Kim topa olmasa, unga ketma-ket ikki oy ro‘za tutish vojibdir. Bu Alloh tavbani qabul qilishi uchundir. Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta hikmatlidir».
Mazkur jazolarning hammasi mo‘min odamni xato qilib, bilmasdan o‘ldirib qo‘ygan shaxs uchun belgilangandir. Endi esa «Mo‘min odamdan sodir bo‘lishi tasavvurga sig‘maydigan, iymonga zid hisoblangan ish bo‘lib qolsa, ya’ni bir mo‘min ikkinchi mo‘minni qasddan o‘ldirsa, nima qilinadi?» degan savolga javob keladi: وَمَن يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُّتَعَمِّدًا فَجَزَآؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا وَغَضِبَ اللّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَابًا عَظِيمًا 93. Kim bir mo‘minni qasddan o‘ldirsa, jazosi jahannamdir. Unda mangu qoluvchidir. Alloh unga g‘azab qiladir, uni la’natlaydir va unga ulkan azobni tayyorlab qo‘yadir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
6 May 2022, 07:07 | Savol-javoblar | 186 | Mediya