Namoz, qarz, halol va harom

Assalomu alaykum! Allohga shukur qazo namozlarini o‘qishni boshlagandim. Namoz vaqtlarini taqvimga qareman quyoshga qarab aniqlolmiman. Rossiyadaman, namoz o‘qish mumkinmas 3 vaqt nechi daqiqadan davom etadi. Kimdur 10 daqiqa degandi siz axli ilmlardan so‘rab bilay shular xaqida tushuncha bersangizlar iltimos. Qazo namozlarimni bomdod quyosh chiqquncha vaqti chiqishi bilan qancha daqiqadan keyin o‘qisa bo‘ladi? Peshin namoziga qancha qolganda o‘qimey turish kerak? Ba’zida namoz vaqti kirsa azon chaqirib sherigimi kutib qolaman o‘sha paytdan foydalanib boshqa qazo namozimi o‘qivolaman. Shunday o‘qisa bo‘loradimi?2). 5-6 oy oldin kvartiraga tanishimiz ishlayotgan kafedan egasidan so‘ramasdan guruch olib kelgandi, shubxaligi uchun xoz yotibdi. Shuni nima qilsa bo‘ladi, egasini nomidan exson qilamiz desak, tanishlarga bersak rostini aytsak ular xam olmedi. Nima qilaylik?3). 9 yil oldin joxillik qilib ishlagan joyimdan (levi) o‘g‘irlik qilgandim. Shuni qaytaraman degandim. Savol javobdan o‘qiganimda eski qarzlarni tillo narxida qaytariladi deb o‘qigandim. Shu 2011-2020-yildagi tillo narxlarini aniqlolmadim, tilloni turi ko‘p ekan. Narxlari xar xil o‘zgarishi xam xar xil bo‘lib qolmasin, noto‘g‘ri qarzimi qaytaray degandim. Sizlarda malumot bo‘lsa bersangizlar iltimos uzr bunaqa savol berganim uchun. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bo‘laveradi. 2). Kafeni rozi qilib kelinglar. 3). Tilloning narxi bizda ham yo‘q. O‘sha vaqtdagi tilloni o‘rtachasini narxini toping. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:26 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar