20 yil avval qilingan taloq

Assalomu alaykum! "Zikr axlidan so‘rang" savol-javob to‘g‘risidagi nikox va taloq xaqida savol javobni o‘qidim eri taloq qo‘ymaguncha 90 yil birga yashamasa xam taloq tushmaydi boshqa nikox nikox emas deyilgan ekan. Men 46 yoshdaman, 19 yoshimda turmushga chiqdim. 1 yil turmush ko‘rdim shu orada betob bo‘lib shifoxonada yotdim. er-xotinlik munosabatlari deyarli bo‘lmadi. Erim san bilan yashamiyman dedi, ota uyimga qaytdim 5 yildan so‘ng qonuniy erimning roziligi bilan ajrashdik. 20 yil o‘tdiki turmushga chiqmadim. 1 yil oldin oilali inson bilan shariy nikox o‘qitdik. Shu nikoxim xalolmi? Xozirgi shariy nikoxida bo‘lgan inson yuqoridagi savol javobni o‘qib bizning nikoximiz xalol emas ekan deyapti. Shariat xukmiga ko‘ra taloq olishim kerakmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni birinchi eringizdan nikohingiz uzilgan. Ikkinchi nikohingiz halol. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 07:07 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar