Iqlob

Hurmatli Qori aka!Iqlob qoidasida nunni mimga almashtirib bir oz dimog‘ bilan o‘qishni ta‘lim olganmiza. Qorilarni qiroatida, nazarimda nun mimga almashtirilgan vaqtda huddi ihfo qilib oqilganga ohshab eshtiladi. Shu qoidani tushuntirib bersangiz, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom. Iqlob sababli «nun»dan «mim»ga aylangan «mim» tovushi ixfo qilinadi va g‘unna ado etiladi. Ammo uni qanday ixfo qilishga kelganda, qiroat ilmi ustozlarining so‘z va tatbiqlarida biroz farqlilik bor. Siz o‘zingiz sezib, tushuna olmayotgan nuqta mana shu erda. Jumhur tajvid ilmi ulamolari, jumladan, bizdagi Qur’on ustozlari ham «mim»ning ixfosida lablar yumiladi, ammo qattiq bosilmaydi, uning ixfosi g‘unna qilishda zohir bo‘ladi, deydilar. Ammo ayrim ustozlar ixfo bu ‒ tovushni chalaroq aytish, shu bois bu o‘rinda «mim» to‘liq chiqarilmaydi, balki biroz chalaroq aytiladi, buning uchun esa lablar to‘liq yumilmasligi kerak, deydilar. Jumhurning so‘zi quvvatliroq va tatbiq qilishga osonroqdir. Eng muhimi, har kim etukroq ustoz topishga harakat qilishi va o‘z ustozidan o‘rgangan ta’lim asosida ish ko‘rishi lozim.

6 May 2022, 07:51 | Savol-javoblar | 163 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar