Bilib turib tan olishmaydi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, uzr savolim o‘rinsiz bo‘lsa. Xristianlar va yahudiylarning kitoblarida so‘ngi payg‘ambar ya’ni Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlarida xabar berilgan va u kishiga iymon keltirish aytilgan bo‘lsa, nimaga shu dinning hatto olimlari va yo‘lboshlovchilari buni bilib turib o‘zlari Islomni qabul qilmaydilar va o‘zgalarni ham to‘g‘ri yo‘lga boshlamaydilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ayni shu narsani hidoyat deyiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonalarida ham o‘z kitoblari orqali u zotni yaxshi taniganlar ham iymon keltirishmagan. Bunga bir necha narsalar sabab bo‘lgan. Kibr yo‘l qo‘ymagan, podishohlikdan voz kechishga ko‘zi qiymagan, qavmi o‘ldirib yuborishidan qo‘rqqan va hokazo. Hozirgi kunda ham shunday. Eng asosiysi Alloh taolo ularning hidoyat topishlarini nasib qilmagan ekan. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 21:37 | Savol-javoblar | 175 | Aqiyda