Ishga joylash shirkati ochsam olgan pulim halolmi
Assalomu alaykum! Avvalo yurtimiz tinch bo‘lsin. Men Turkiyada ishchi shirkat ochmoqchiman. Faoliyatim korxona va tekstil fabrika, zavodlarga ishchi etkazib berish. Bunda ishga joylagan mijozim 1-oylik maoshining yarmini menga beradi qolgan oyligini to‘liq o‘zi oladi. Ishga joylaganim uchun xizmatim shu bo‘ladi. Ijara uy topish oziq ovqatiga javobgarlikni olmayman. Bu ishimdagi oladigan pulim xalolmi? O‘rtada yolg‘on va sir bo‘lmaydi rozilik asosida ish boshlamoqchiman. Javob uchun rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz modomiki ishlab tursa har oyning yarim maoshini belgilashingiz noto‘g‘ri. Bir bor ma’lum bir miqdorni ko‘rsatgan xizmatingiz uchun olishingiz mumkin, ammo bir bor dalolat qilib har oyligiga o‘tirib olishingiz mutlaqo joiz emas. Bu evazsiz haq olish hisoblanadi, evazsiz haq shariatimizda ribo hisoblanadi. Agar bir oylikdan faqat bir marotabalikni iroda qilgan bo‘lsangiz uni ham qancha bo‘lishini aniqlashtirib oling. Ba’zi bir kishilar o‘zi band bo‘lganligi yoki o‘sha ishga qobilyati bo‘lmagani uchun kimlarnidir o‘sha ishga dalolat qiladi va o‘sha ish qancha davom etsa o‘shandan bir hissaga o‘tirib oladi. Masalan kimnidir shirinlik chiqaradigan fabrikaga ishlashga dalolat qiladi va har bir sotilgan bir mashina maxsulotingizdan besh yoki o‘n foizini menga chaqarib berasiz deb shart qo‘yadi. Bu mutlaqo joiz emas. Albatta dalolat qilgani uchun birinchi bor ma’lum bir haqni bir marotaba olishi joiz. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 07:51 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom