Islomga kirgan rus xaqida
Assalomu alaykum! YouTube dagi bir kanalda""Prinyal Islam cherez Iisusa Xrista. Uvidel proroka Muxammeda. Otverg tserkvi"" degan 2 soatu 27 daqiqalik videoga ko‘zim tushdi. U odam aytgan ayrim gaplarni keltirib o‘taman::: - “Men xristian oilasida tug‘ilgan ateist odam edim. Oxirgi paytda o‘zimni yomon his qildim, hushimdan ketadigan va ko‘zimga jin ko‘rinadigan holatga kelib qoldim. Bu vaqt anchagacha davom etdi. Xudoga ishonmasdim, lekin cherkovlarda ruhoniylar(batyushka) qandaydir ishlar qilib yordam berarmikan deb u erga bordim. Lekin ular ham hech nima qila olishmadi. Bir qancha cherkovlar menga “faqat duo qil bolam”, deb maslahat berishdi xolos. Oxiri Nikolay degan odam oldiga bordim, u ruhoniylarga o‘xshamaydigan ishlarni amalga oshirarkan, xuddi ekstraseanslarga o‘xshash. U ko‘zlaringni yumib, “Nikolay chudotvoretsdan yordam so‘ra” dedi. Men u haqida eshitmagandim. Nikolaydan so‘ragandan ko‘ra, Xudo deyishayotgan Iso Masihdan so‘ray qolay deb, ichimda Isodan yordam so‘radim. Bir qancha vaqtdan so‘ng ko‘zlarim yorishib ketti, boshqa olamga tushib qoldim. U erda baland qasr bor ekan. Soqolli bir qariya: “senga nima kerak?” deb chiqdi. Men esa: “Iyso kerak”, dedim. U indamay kirib ketdi. Keyin ro‘mol o‘ragan ayol chiqdi. Unga ham Iyso kerak dedim. Meni ichkariga olib kirdi, ichkariga kirganimiz sari qasr kattalashib borar edi. Yorug‘likdan keyin bir odamni oldiga keldik, o‘tir dedi, o‘tirdim. Sen Isomisan dedim, u: Ha dedi. Uning ko‘rinishi cherkovlardagi Iyso aksini ko‘rsatadigan Ikonalarga o‘xshamas edi. “Seni odamlar Xudo deyishadi”, desam, u : “men ham sen kabi insonman” dedi, “sen tirikmisan?” desam, Iyso: “Ha qo‘limni ushlab ko‘r” dedi. U savollarimga javob berarkan, og‘zi qimirlamasdan, gapirmasdan javob berardi. U yana o‘z hayotida bo‘lib o‘tgan voqealarni ko‘rsatdi. Bibliyada yozilgandek emas ekan hayoti, oddiy biz kabi inson ekan. Muammoimni aytdim, u esa “sen shunchaki u jindan voz kech, o‘ylama u haqida, u seni tark etadi”, dedi. Men esa, “hech nimaga ibodat qilmayman maslahat ber” desam, u menga:odamlar ko‘p jamlanib, poklanib ibodat qiladigan joylarga kirib ibodat qil dedi. Men esa: “Cherkovni aytyabsanmi” dedim? Iyso esa: “cherkov? Nima u?”deb javob qaytardi. So‘ngra u meni kuzatib qo‘yish uchun ozgina yurdik, boshqa bir eshikda bir insonni tiz cho‘kkan holatda, ibodat qilayotganiga ko‘zim tushdi. U o‘zidan boshqacha nur taratib turar edi. Iysodan so‘radim: U kim? Iyso javob berdi: Muhammad (s.a v). Men esa: Muhammad (s.a.v)kim u? nima qilyapti? dedim, chunki men u haqida avval eshitmagandim. Iyso esa: U ibodatda, duo qilyabdi. Men esa: “Kimlarni duo qilayabdi!? Iyso esa: “Dunyodagi odamlarni” deb javob berdi. Keyin yana Nikolayni oldida paydo bo‘lib qoldim. Bu ishga bir necha yil bo‘ldi. Men uni hech kimga aytmagan edim, chunki meni jinniga chiqarishlari mumkin edi. Bir necha yil ateist bo‘lib yashadim. Lekin oxir oqibat Islomni qabul qildim” deb yakunladi. Albatta, bir g‘ayridinni Islomni qabul qilishi yaxshi albatta, lekin Alloh taolo bandasini hidoyat qilishi uchun Iyso alayhissalomni ko‘rsatishi va shunaqa hodisa bo‘lishi mumkinmi? U odamning aytganlarida shariatga zid gaplar yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tushda har xil narsa ko‘rish mumkin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam أَنَّ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: لَمْ يَبْقَ مِنَ النُّبُوَّةِ إِلَّا الْمُبَشِّرَاتُ. قَالُوا: وَمَا الْمُبَشِّرَاتُ؟ قَالَ: الرُّؤْيَا الصَّالِحَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Nubuvvatdan mujda beruvchilardan boshqa narsa qolmadi», dedilar. «Mujda beruvchilar nima?» deyishdi. U zot: «Solih tushlar», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
Insonlarning eng to‘g‘riso‘z bo‘lganlari tushlari ham to‘g‘ri bo‘ladi. Ateist insonlarning boshqa din vakillaridan ko‘ra dinga kirishlari osonroq bo‘ladi. Chunki ular kalimai toyyiba bo‘lgan “Laa ilaaha illalloh”, ya’ni “Hech qanday iloh yo‘q, yagona Allohdan boshqa” kalimasining birinchi “Hech qanday iloh yo‘q” qismiga to‘laligicha iymon keltirishgan. Chunki ular o‘zlari ko‘rib turgan boshqa din vakillari iloh deb turgan ojiz ma’budlarni iloh emasligini chin dildan his qilishgan. Endi ularga ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan, boshqa din vakillari sig‘inadigan budlar kabi bo‘lmagan, butun borliqni yaratgan haqiqiy Ma’bud Alloh taoloni tanishtirib qo‘yilsa tezdan iymon keltiradilar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:48 | Savol-javoblar | 175 | Aqiyda