Nabiy Alayhissalom, ovchi kiyik qissasi

Assalomu alaykum! Yaqinda bir ilmi bor kishidan bir qissani eshitdim. Qissada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ovchiga kiyik uchun kafil turib kiyikni bolalaridan xabar olib kelishga jo‘natibdilar. Kiyik borib qaytguncha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ovchini yonida kafil bo‘lib qolgan ekanlar. Hadislarda shu qissa bormi? Avval ham bu qissani Isoqjon Jo‘raxonov ashulasida eshitgan edim. Endi bu qissani noib imomdan eshitdim. Lekin bundan avval hech bir imom bu qissa haqida gap ochmagan yoki men eshitmagan ekanman. Agar bu qissa uydirma bo‘lsachi? Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu juda ham zaif rivoyat. Hofiz ibn Kasir rahmatullohi alayh “buni hech qanday asli yo‘q” deganlar. Imom Bayhaqiy ham bir necha yo‘llar bilan rivoyat qilib, imomlar jamoasi uni zaif deganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:42 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar