Mahrga uy so‘ramoqda
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sizlarga men uchun muhim bo‘lgan masala yuzasidan murojaat qilishga majbur bo‘ldim. Turmush o‘rtog‘im bilan 16 yil birga yashadik. Hozirda turmushimiz, ayrim sabablarga ko‘ra (lekin xiyonat qilgani yo‘q), yashab bo‘lmaydigan darajaga keldi. 16 yil avval belgilangan mahr puli aniq esimda yo‘q. Turmush o‘rtog‘im hozir mendan mahrga uy talab qilyapti. Hozir, uy olib berishga qodir emasman. Unday sharoitim yo‘q. Sizlardan iltimos, mahr bo‘ynimdan soqit bo‘lishi uchun qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikoh vaqtida yoki nikohdan keyin mahringa uy olib beraman, degan bo‘lsangiz olib berishingiz shart. O‘sha vaqtlarda unday gap bo‘lmagan bo‘lsa, siz bilan tengqurlar ayollarining mahriga nima bergan bo‘lishsa, o‘shani berishingiz vojib. Masalan, o‘sha vaqtda tillo uzuk yoki bir qator taqinchoqlar olib berilgandir. Chunki shariatimizda bu kabi holatda mahri misl vojib bo‘ladi, deyilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:44 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush