Pul ajratish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, avvallari maxsulotimizni taklif qilgan odamga bizni tavsiya qilgani uchun pul chiqarib berar edik. Xaridorga narxni aytganda maxsulotni tan narxiga o‘zimizning foyda va o‘rtadagi odam so‘ragan miqdorni qo‘shib aytardik. Xaridor o‘rtadagi odam pul olishini bilmas edi. Allohning xidoyati ila bu yo‘lning xatoligini tushunib boshqa bu ishni qilmadik. Xozirda eski tanishlar ish topib berishadi, ularga pul ajratmasligimizni bilib xafa bo‘lishadi yoki shunga o‘xshash narsalar. Savolimiz o‘z foydamizning bir qismini ularga maosh kabi ajratsak bo‘ladimi? Yoki bunda ham ribo bo‘ladimi? Bu holatda xaridor o‘rtadagi odamning pul olishini bilishi lozimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘z foydangizdan ularga xizmat haqi ajratishingiz joiz. Shunda adolatli bo‘ladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar