Exson zakot

Assalomu alaykum! Kichik bir ishlab chiqarish korxonam bor. Unda 30 dan ortiq ishchi xodimlar ishlaydi. Ularga tikilgan (donabay) ishga nisbatan haq to‘layman. Oyligini vaqtida beraman. Bu ishimdan narigi dunyoga borganimda savob olamanmi? 2. Ehson qilishni yaxshi ko‘raman. Ehsonlarni qilib yuraman. Onam “masjidga ehson qilmagin meni ukamlarga qilgin”, deydi. Ularni ortiqcha puli yo‘q. Dehqonchilik qilib kun ko‘radi. Ko‘p farzandlik oila. Qaysinisi afzal?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Niyatingizga bog‘liq. Agar mol-dunyoni yaxshi joyga sarflashni, ishchilaringizni siz tufayli tirikchiligi o‘tib turishini niyat qilsangiz, juda katta savobga ega bo‘lasiz.
2). Tog‘alaringiz muhtoj bo‘lsa, onangiz aytgani to‘g‘ri. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 159 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar