G‘uslga sharoit bo‘lmaganida

Assalomu alaykum! Junublikda uyg‘ongan kishi g‘usl qilishga imkoniyati bo‘lmasa, uyda issiq suv yo‘q bo‘lsa bunday paytda taxorat olib namoz o‘qiyversa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qishning chillasida bo‘lsa bo‘lishi mumkin. Unda avvalo g‘uslga deb tayammum qiladi, so‘ng namozga deb tahorat oladi. Bunday qilish Toshkent va shu kabi shaharda yashovchilarga mumkin emas. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 14:31 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar