Odamlar haqqini kim beradi

Assalomu alaykum! Aksariyat imomlarimiz va sizni savol javoblaringizda ham soliqlarni to‘lashga va kommunal to‘lovlarni ham o‘z vaqtida to‘lashga targ‘ib qilinadi lekin shu tulangan soliqlar o‘g‘rilanishini xech kim gapirmaydi. Xalqni haqqini kim talab qiladi? Shariat faqat avvom xalqqami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘g‘rilik, poraxo‘rlik va xalqning mulkini eyish harom ekanligini imomlarimiz ham takror-takror aytishadi. Masjidda ma’ruza eshitadiganlar hammalari bunga guvohlar. Xalqning haqqini talab qilish har bir fuqaroning haqqidir. Imomning vazifasi shariat ahkomlarini bayon qilish, balki haq talab qilish emas. Siz aytganingizdek hech qaysi imom ahkomlar avom uchun, amaldorlar amal qilmasa bo‘ladi degan gapni gapirmagan va gapirmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:22 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar