Ozib ketaman deb ro‘za tutmaslik

Assalomu alaykum! Bir qarindoshim yoshi 26 da, judayam ozg‘inligini sabab qilib ”agar bu yil ro‘za tutsam bundan ham ozib ketaman deb, bu yil tutmayman” deyabti. Men unga ro‘za tutish farzligini tushuntirdim, lekin foydasi bo‘lmayabti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz uni holatini aniq bilmaymiz. Shariat ruxsat beradigan darajada uzrli bo‘lsa, holatini o‘zi biladi. Alloh taolo bandasini ba’zi bir ishlarga buyurgan ba’zilaridan qaytargan. Buyurgan ishlari inson sog‘ligi va oxirati uchun shak shubhasiz foydali. Shu o‘rinda Alloh bandaga ixtiyorni beradi. Xohlasin oxiratni tanlasin, xohlasin do‘zaxni. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar