Kafforat 60 kunmi?

Assalomu alaykum! Bir tanishim xizmat taqozosi bilan Sherobod tumanga Imom Termiziy masjidi ochilish marosimiga ish bilan chiqib, xavo xaroratining juda issiqligi va xizmatdan bo‘yin tovlashning deyarli iloji yo‘qligi sababli ro‘zasini ochibdi. Aytishicha juda chanqagan, axvoli og‘ir  bo‘lgan. Shu ishi kafforati uchun 60 kun ketma-ket ro‘za tutishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar u kishi Sherobod tumanga 89km masofani bosib borgan musofir bo‘lsa, u kishi shar’an musofir hisoblanib ro‘zasini ochgani uchun bir kuniga bir kun qazo tutadi. Xizmatdan bo‘yintovlash yoki tovlamaslikka kelsak, shariatimizda ikroh, ya’ni majbur bo‘lish degan istiloh bor. Majbur qilingan kishi harom narsani eyishga ham ruxsat berilgan. Bu majburlanish o‘lim yoki biror a’zosiga talofat etkazish darajasida bo‘lishi shart. U kishining holati qandayligi bizga noma’lum. Agar qattiq chanqoqlik, ochlik, bemorliklar kabi ro‘zani ochishlikka zarurat paydo bo‘lsa, qazo lozim bo‘lib, kafforot vojib bo‘lmaydi. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi: Ochlik va suvsizlik oqibatida holdan toyganlar. O‘ta qattiq ochlik yoki suvsizlik oqibatida halok bo‘lish darajasiga kelgan, aqliga yoki biror a’zosiga shikast etishi xavfi tug‘ilgan kishi ham ro‘za tutishdan uzrli hisoblanadi. U ham keyin qazosini tutib beradi. Chunki Alloh taolo «O‘zingizni o‘zingiz halokatga tashlamang», degan (Baqara surasi, 195-oyat). Vallohu a’lam!

1 May 2022, 01:31 | Savol-javoblar | 187 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar