Ayolga ket yo‘qol so‘zlarini ko‘p ishlatsa

Assalomu alaykum! Agar oilada er-xotin janjallashib qolsa va er ayolini har janjalda ket, yo‘qol kabi so‘zlarni aytsa va ayolni nafsoniyatiga teguvchi so‘zlar bilan xaqorat qilaversa ayol qanday yo‘l tutishi mumkin? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ket, yo‘qol deyayotgan vaqtda bu taloqmi deb so‘rash kerak. Agar ha desa taloq tushgan bo‘ladi. Bir yo‘la yangi hayot boshlayveradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 138 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar