Shayton bilan shartnoma tuzganlar
Assalomu alaykum! "Shayton bilan shartnoma tuzish bor narsa. Bunda insonga shayton kuch va boshqalar beradi. Evaziga inson ma’lum bir yildan keyin jonini unga topshirishi kerak. Gitler ham shu kabi odamlar jumlasidandir"-ushbu ma’lumotlar to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda bobolarim, momolarim, muvakkal farishtalarim bor deyayotganlarning hammasi shayton bilan shartnoma tuzgan kishilar hisoblanadi. Shaytonga beradigan qurbonliklariga qarab shayton ham ularga xizmat ko‘rsatadi. Ular eng birinchi folbin, g‘aybni da’vo qiluvchilar “boblarim va momolarimga tovuq, xo‘roz, qo‘y qurbonlik qilasizlar” deb shart qo‘yishadi. Hatto oq yoki qora kabi ranglarini ham belgilab berishadi. Chilla o‘tirasiz deb uzoq muddat ayollar hayz va nifosdan poklanmasligini erkaklarni esa janobatdan poklanmasligini shart qilishadi. O‘ziga muxlis bo‘lib borganlarga “bo‘yningizga olishingiz kerak” deb shart qo‘yishadi. Shu sharti shayton bilan shartnoma tuzish hisoblanadi. Bu shartnoma shaytonga iymonni sotish shartnomasidir, oxiratdan o‘ziga do‘zaxni sotib olish shartnomasidir. Shaytoning ishi ham quydagi oyatda kelganlarga o‘xshaydi. وَلَن تَرْضَى عَنكَ الْيَهُودُ وَلاَ النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ قُلْ إِنَّ هُدَى اللّهِ هُوَ الْهُدَى وَلَئِنِ اتَّبَعْتَ أَهْوَاءهُم بَعْدَ الَّذِي جَاءكَ مِنَ الْعِلْمِ مَا لَكَ مِنَ اللّهِ مِن وَلِيٍّ وَلاَ نَصِيرٍ 120. Yahudiylar ham, nasorolar ham ularning millatiga ergashmaguningcha, sendan zinhor rozi bo‘lmaslar. «Albatta, Allohning hidoyati, ha, o‘shagina hidoyatdir», – deb ayt. Agar o‘zingga kelgan ilmdan ke¬yin ham ularning havoyi nafslariga ergashsang, senga Allohdan (qutqaruvchi) do‘st ham, yordamchi ham yo‘qdir. (“Baqara” surasi). Vallohu a’lam!
6 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar