Rossiyada namoz o‘qishim
Assalomu alaykum! Men oilamga yordam berish uchun har yili baxorda russiyaga kelib kuzda ketaman. Ishlayman Alloh bergan rizqni terib ketaman. Musofirchilik paytida ham namozni kanda qilmay o‘qiyman Alloh qodir qilgancha. Besh mahal namozni farzlarini sunnatlarini o‘qiyman. Imkonim bor farz va sunnatni o‘qishga. Musofirda yurgan odam musofir namozini o‘qishi shartmi? Sharoitim bo‘lsa bo‘lmasa faqat farz o‘qiladimi? Bir odamdan eshittim sharoit boo‘lsa bo‘lmasa sunat o‘qilmaydi faqat farz o‘qiladi diyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri aytibdi. Siz u erda eng kami 15 kecha kunduzdan ko‘p turishni niyat qilishingiz bilan musofirlik hukmidan chiqasiz. Xalqimizda “ Uydan chiqib ketsa bo‘ldi, musofir” degan noto‘g‘ri fikr bor. Bu noto‘g‘ri, biror joyda 15 kecha kunduzdan kam bo‘lgan vaqtda turishni niyat qilsa musofir. O‘shancha yoki undan ko‘p muddat turishni niyat qilsa shar’an musofirlikdan chiqadi va namozlarini to‘liq o‘qishi shart bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar